Spektakl premerasi: “Millat fidoyisi”

XDP viloyat kengashi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on drama teatrida yangi spektaklning premerasi tashkil etildi.

Unda “Millat fidoyisi” asari muallifi Farmon Toshev, O‘zXDP viloyat va Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi deputatlari, shahar hokimligi, prokuraturasi, nuroniylai, partiya faollari va elektorat vakillari ishtirok etdi. 

Spektakl so‘ngida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova spektaklning ahamiyati to‘g‘risida gapirib, aholini, ayniqsa, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda teatrning o‘rni, shuningdek yangi spektakl haqida fikr bildirib, asar muallifi va spektaklni jonli ijro etgan aktyorlarga minnatdorlik bildirdi va shahar hokimligining esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

Shundan so‘ng Kattaqo‘rg‘on shahar pedagogika texnikumida «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda yil dasturida belgilangan ustuvor maqsadlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi g‘oyalari va maqsadlari bilan uyg‘un va hamohangligi, partiya saylovoldi dasturida har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitni yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish, kambag‘allikni qisqartirish, aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirishni asosiy maqsad qilib belgilab olinganligi, 2025 yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida aholi uchun “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘ini yaratish ko‘zda tutilayotgani haqida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, viloyat Kengashi deputati Farmon Toshev tadbir ishtirokchilari hamda texnikum kutubxonasiga o‘zining muallifligida chop etilgan kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar texnikum hovlisiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazishdi.