Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sport haftaligi: Talabalar kuch sinashdi

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida talabalar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari haftaligi bo‘lib o‘tdi.

Sport haftaligida mini futbol, milliy kurash, qo‘l jangi, stol tennisi va basketbol bo‘yicha fakultetlararo musobaqalar o‘tkazilib, g‘olib talabalar aniqlandi.

Bir hafta davom etgan musobaqalarning so‘nggi kunida yengil atletika hamda 500 metrga qizlar, 1000 metrga o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yugurish bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Haftalik yakunida barcha musobaqalarda g‘olib bo‘lgan bo‘lajak o‘qituvchilarga institut ma’muriyati, Yoshlar agentligining institut boshlang‘ich tashkiloti tomonidan sovg‘a va faxriy yorliqlar topshirildi.

Mirzoulug‘bek YuSUPOV,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti katta o‘qituvchisi.