SSSR aholisi 1,5 milliard kishi bo‘lishi mumkin edi

O‘ttiz yil ilgari SSSR tarkibida 15 ta Respublika bo‘lganligini bugungi kunda ko‘pchilik bilishi mumkin. Ammo bir asr ilgari ularning safi 23 taga ko‘payib, aholi soni 1,5 milliardga yetishi mumkinligini umuman bilishmagan. Xitoy ham SSSRdek qudratli davlat tarkibiga 16 Respublika bo‘lib kirishga qaror qilgan ekan.

Darhaqiqat, Xitoy rahbari Mao Szedun o‘z davlatini SSSR tarkibiga kiritishi haqida Stalinga bir necha bor takliflar bilan murojaat qilgan ekan. Ammo Stalin uni rad etib, Sharqda ham unga ittifoqchi bo‘lgan, mustaqil va kuchli kommunistik partiya rahbarligidagi mamlakat bo‘lishini istagan. Biroq 1953 yilda Stalin o‘limidan so‘ng Xrushyov mamlakat tepasiga kelgach, uning Lenin g‘oyalariga sodiq emasligini bilib, qayta taklif qilmay qo‘yishdi.

Bolgariya rahbari T.Jivkov ham dunyoning eng qudratli davlati safida bo‘lish istagini bildirgan. Biroq uning taklifini Brejnev ham, Xrushyov ham qo‘llab-quvvatlamagan.

Shuningdek, o‘z davrida Vengriya, Angola, Polsha, Eron, Mongoliya va Finlyandiya rahbarlari ham shunday qarorga kelishgan. Ulardan faqat Polsha va Finlyandiyaning ayrim hududlarigina qabul qilingan. Polshadan Rossiya imperiyasiga tegishli bo‘lgan hudud – Kaliningrad va Finlyandiyadan esa Kareliya qo‘shib olingan. Dastlab Karelo-fin SSR deb nomlangan hudud nomidan Xrushyov «Fin» so‘zini olib tashlab «avtonom»ni qoldirgan. Bugungi kunda u Rossiya tarkibidagi Kareliya avtonom respublikasi deb ataladi.

Hozirgi ukrainalik ayrim tarixchilar bir vaqtlar qabul qilingan Molotov-Ribbentrop bitimini qoralashadi. Bitimga ko‘ra, ular Polshani bo‘lib tashlab, ulardan Lvov va unga tutash o‘nlab shahar va qishloqlarni Ukrainaga qo‘shib berishgan.

Dilmurod TO‘XTAYeV tayyorladi.