SSV shifokorlarni kaltaklaganlarni javobgarlikka tortishni so‘radi
- 05.06.2020 19:30
- 82
- Salomatlik
Kecha, 4 iyun kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani shifokorlari bilan noxush hodisa sodir bo‘lgani haqda xabar bergan edik.
Ma’lum qilinishicha, Sayxunobod tumanidagi G‘alaba mahallasiga chaqiriq bo‘yicha yetib borgan tibbiyot xodimlari mashinadan tushishlari bilan shu yerda bo‘lgan bir guruh mast holdagi kishilar tomonidan hech qanday sababsiz, ayovsiz kaltaklangan.
Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga murojaat yo‘lladi.
Unda yuqorida qayd etilgan holatni nazoratga olgan holda, aybdor shaxslar qattiq javobgarlikka tortilishini ta’minlashda amaliy yordam so‘raldi.
Teglar:
SSV
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa