Statistika: Samarqand viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2 million 663 ming so‘mni tashkil etdi

Ctatistika qo‘mitasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish miqdorini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2022 yil yanvar-iyun oylarida Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 million 540,5 ming so‘mni tashkil etib, (2021 yil yanvar-iyun oylarida 2 million 968 ming so‘m bo‘lgan) 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,3 foizni tashkil qildi.

Hududlar kesimida Samarqand viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi - 2 million 663,2 ming so‘m.

O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga qo‘shimcha to‘lovlar, mukofot pullari, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya va ishlamagan vaqti uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga ajratmalar kiradi.