Sudanda BMT Jahon oziq-ovqat dasturi xodimlari halok bo‘ldi, mamlakatda qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda
Sudandagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bu orada, yakshanba kuni nizolashayotgan tomonlar – armiya va tezkor kuch vakillari BMTning mahalliy vaqt bilan soat 16:00 dan 19:00 gacha harbiy harakatlarni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi. Xartum va boshqa shaharlarda yuz bergan to‘qnashuvlar natijasida o‘nlab tinch aholi halok bo‘lgan. Yuzlab odamlar yaralangan. Qurbonlar orasida BMT Jahon oziq-ovqat dasturining uch xodimi ham bor.
Dastur direktori Sindi Makkeyn mojaro tomonlarini xodimlar xavfsizligini ta’minlovchi hamda ularga Sudanning muhtoj xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish imkonini beradigan kelishuvga erishishga chaqirdi.
Artilleriya va aviatsiyadan foydalanilgan to‘qnashuvlar 15 aprel kuni ertalab boshlangan. Kuzatuvchilar Sudandagi mojaro sababini Tezkor harakat kuchlarining Sudan qurolli kuchlari tarkibiga integratsiyalashuvi va boshqacha aytganda, hukumatning harbiylardan fuqarolarga o‘tishi borasidagi qarama-qarshiliklar sifatida keltirmoqda.