Super vulqon: Yevropaga tahdid

Olimlarning ogohlantirishicha, qiyomat-qoyim Italiyada boshlanadi, keyin esa butun Yevropaga yoyiladi. Hozirda Neapol shahri ana shunday xatarli o‘choq ustida turibdi.

Shunga qaramasdan bu yerda yana yangi qurilgan kvartallarga yarim million neapollik ko‘chib kirdi. Gap shundaki, shaharning ushbu kvartallari hammaning nazarida allaqachon so‘ngan, deb hisoblangan Kampi Flegrey vulqoni o‘chog‘i ustida qurilgan, atrofida yana bir millionga yaqin aholi yashaydi.

 Kutilmaganda vulqonshunoslar tahlikaga tushib qolishdi: Kampi Flegrey vulqoni umrbod so‘nmagan ekan. 1538 yil otilgandan keyin yana uyg‘onish arafasida turibdi. Xo‘sh, unda nega bu yerda turarjoylar qurilgan?

Sababi, Flegrey cho‘qqisida olov otilib turgan baland toqqa o‘xshamaydi. Atrofidagi adirlar sokin, tekis joyda joylashgan, yer ostida dahshatli vulqon uyg‘onayotgani hech kimning xayoliga kelmaydi. Xavf shunchalik kattaki, qo‘shni Pottsuala shahri keyingi o‘n yilda naqd 10 metrga ko‘tarildi.

Kampi Flegrey yagona vulqon emas. Italiyaning butun qirg‘oqlari bo‘ylab anna shunday 24 vulqon o‘choqlari o‘zaro ulanib ketgan. Agar ular bir vaqtning o‘zida uyg‘onsa, fojiadan nafaqat Neapol, balki butun Italiya, Yevropa jabr ko‘radi. Vulqon minglab kvadrat kilometr hududdagi yerlarni xarobaga aylantiradi.

 Kampi Flegreyni uyg‘onishi bir paytlar Pompeydan nom-nishon qoldirmagan Vizuviya vulqoni uyg‘onishidan ham ko‘p marta dahshatli bo‘ladi. Kuchli zilzila va ko‘p sonli to‘fonlar qo‘zg‘alishi qo‘shni vulqonlarni ham harakatga keltiradi. Buni ta’kidlash uchun jiddiy asoslar bor. Gap shundaki, aynan Kampi Flegrey 30 ming yil avval uyg‘onganida neandertalliklarni batamom qirib tashlagandi.

T.Shomurodov tayyorladi.