Supervulqon dunyoning yarmini yo‘q qilishi mumkin
"OLOV HALQASI"DA
– Yaponi oroli Tinch okeani "olovli halqasi" ichida joylashgan, – deydi geolog olim Nikolay Pishlyak. – Bu geologik zona taqa shaklida. U Kamchatkadan to Kuril orollari, Yaponiya, Filippin va Yangi Zelandiya orqali butun Tinch okeani chekkalarini qamrab oladi, narida Janubiy va Shimoliy Amerika qirg‘oqlariga yetib boradi. Bu haqiqatan "olovli halqa"ga o‘xshaydi. Ichida juda yuqori darajada vulqonli va tektonik faollik kuzatiladi. Yer yuzida zilzilalarning 90 foizi aynan ana shu g‘ayritabiiy zonada sodir bo‘ladi. Halqada 328 ta harakatdagi vulqon joylashgan.
OLOVLI LAVA STRATOSFERAGA YeTIB BORADI
Supervulqonlar o‘chog‘i yer yuziga ancha yaqin joylashgan va ulkan magmatik rezervuar hosil qiladi. Agar olovli lava birdan portlasa, insoniyat 100 kvadrat kilometr radiusda chinakam qiyomat-qoyim nimaligini ko‘radi.
Avval magma eriydi va yer qobig‘i qatlamini yorib chiqib, ulkan do‘nglik hosil qiladi. Keyin bu do‘nglik jinsi yer qa’riga o‘pirilib tushib, siqilib turgan katta hajmdagi magma va gazlarni kuchli bosim bilan yuqoriga uloqtiradi: osmonda ulkan lava va kul buluti hosil bo‘ladi. Bu yerosti jinslarining olovli ustuni 50 kilometr balandlikkacha otilib, stratosferagacha yetib boradi. Bir necha soatdan so‘ng samoga uloqtirilgan kul asta-sekin cho‘kib, minglab kvadrat yer yuzasini qoplaydi. Vulqon gazi haddan tashqari zararli oltingugurt birikmalaridan iborat va u nafas yo‘lini bo‘g‘adi, mashina va mexanizmlar, elektron apparatlarni ishdan chiqaradi. Eng xatarlisi, bu gaz quyosh nurini to‘sib qo‘yadi: "Vulqon qishi" boshlanadi. Bu balo butun sayyoraga ta’sir etadi va o‘nlab yillarga cho‘ziladigan global sovishga olib keladi.
T.ShOMURODOV tarjimasi.