Suriyadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar haqida hujjatli film ishlandi (video)

Yodingizda bo‘lsa, shu yilning 30 may kuni qurolli to‘qnashuvlar hududidan maxsus reys bilan O‘zbekistonning 156 nafar fuqarosi qaytarilgandi. Ushbu jarayonlar haqida maxsus hujjatli film ishlandi.

Film orqali xotin-qizlar, bolalar, bevalar, yetimlar va ularning keyingi taqdiri, qutqaruv operatsiyasi ortida kim turganligi haqida bilish mumkin. Televideniyeda birinchi marta «Al-Hol» maskanida tasvirga olingan tezkor kadrlar ko‘rsatiladi. Fuqarolarimizning qaytarilishini tashkil etgan maxsus guruh rahbari bilan suhbat namoyish etiladi.

«Mehr» operatsiyasi» nomli mazkur hujjatli filmni 13 sentyabr kuni «O‘zbekiston 24» telekanali orqali soat 20:20 da tomosha qilishingiz mumkin.