Suv osti pochta qutilari
Oxirgi marta yuborgan shoshilinch xatingizni eslay olasizmi? Albatta, bu ko‘pchiligimizda bo‘lgan. Yaxshiyamki biz pochta bo‘limlariishlaydigan joylarda ulg‘ayganmiz. Dunyoda xatlar suv osti dunyosi orqali yuborish mumkin bo‘lgan pochta qutilari ham bor ekan.
Vakayama prefekturasidagi pochta qutisi, Yaponiya
Yaponiyaning Vakayama prefekturasidagi Susamikichik baliqchilar shahri dunyodagi birinchi suvosti pochta qutisini yaratgani bilan ajralibturadi. Malayziyada yana bir suv osti pochta qutisiyaratilishidan oldin, Susami pochta qutisi 10 metr chuqurlikda joylashtirilgan dunyodagi eng chuqursuv osti pochta qutisi edi.
Ushbu quti 1999 yilda Vakayama Kii yarim orolining janubiy qismidagi Kumano Kodoziyoratgohi va uning atrofidagi hududlarni targ‘ibqilish uchun yaratilgan. O‘sha paytdagi shahar pochta bo‘limi boshlig‘i Toshixiko Matsumoto Susamigasayyohlarni jalb qilish maqsadida bu g‘oyani o‘ylabtopgan.
G‘avvoslar mahalliy do‘kondan suv o‘tkazmaydiganotkritkalarda moyli marker bilan xabarlaryozishadi, keyin ularni suv ostida joylashgan eski qizil pochta qutisiga tashlaydi. Bir necha kundanso‘ng yaqin atrofdagi do‘kon xodimi qutidanxatlarni yig‘ib olib, ularni mahalliy pochta bo‘limiga olib boradi.
Har yili qutiga 1000 dan 1500 gacha pochta jo‘natmalari kelib tushadi, moslama yaratilgankundan boshlab ushbu suv osti pochtasi orqali 32 000 dona jo‘natma egalariga yetkazib berilgan.
Yana uchta shunday bo‘lim:
Hidevey oroli, Vanuatu
3 metr chuqurlikda joylashgan bu qutilar 2003 yilda o‘rnatilgan. Belgilangan vaqtda akvalang kiygan pochta xodimi suv tubiga sho‘ng‘ib, pochta qutisidan otkritkalarni olib, suv ostida qolganholda ularga markalar yopishtiradi va belgilanganmanzilga jo‘natadi. Xatlar suv bilan yuvilibketadigan siyoh o‘rniga maxsus bo‘rttirma moslamabilan muhrlanadi.
Pulau, Layang-Layang, Malayziya
Malayziya pochta departamenti 2015 yildaLayang-Layang shahrida dengiz sathidan 40 metr pastda joylashgan suv osti pochta qutisini ishgatushirib, rekord o‘rnatdi. Maxsus pochta markasigaega suv osti pochta qutisi orqali jo‘natilganotkritkalar suv o‘tkazmaydigan plastik paketlardajoylashtiriladi va Malayziyaning rekordlarkitobi logotipi bilan muhrlanadi.
Risor, Norvegiya
Norvegiyaning janubiy qirg‘og‘idagi Risorshahridagi suv osti pochta bo‘limi g‘avvoslarqo‘ng‘irog‘idan yasalgan bo‘lib, dunyodagi yagona quruqsuv osti pochtasi hisoblanadi. Pochta bo‘limidengiz qirg‘og‘i yaqinidagi 4 metr chuqurlikda joylashtirilgan. Tashrif buyuruvchilar o‘zxatlarini quruqlikdagi pochta qutisigatashlashadi, keyinroq u bo‘shatiladi, jo‘natmalar suv o‘tkazmaydigan sumkaga solinib, suv ostidagipochta bo‘limiga olib boriladi. Quruq ofis muhitida xatlar muhrlanadi va dengiz tubi orqaliqarama-qarshi qirg‘oqdagi muntazam pochta bo‘limiga yetkazib beriladi.