Tabiatning tushuntirib bo‘lmaydigan anomaliyalari
Tabiat o‘zining go‘zalligi bilan kishini hayratga soladi, kuch-qudrati bilan esa qo‘rqitadi. Inson yomg‘irlarga ko‘nikishi, qurg‘ochilikka qarshi kurashishi, hatto tayfun va bo‘ronlardan boshpana qurishi mumkin, biroq ofatlarning hammasiga ham tayyor bo‘lishning iloji yo‘q, chunki tabiiy anomaliyalarni ko‘pincha insonning o‘zi qo‘zg‘atadi. Anomaliyalar inson harakatlarining sababi yoki natijasi bo‘lishi pirovardida, insoniyatdan uzoqlarda sodir bo‘lishi yoki Yerdagi barcha mavjudotlarga xavf solishi ham mumkin.
Quyida e’tiboringizga ilmiy izohga berilmaydigan, zamonaviy ilmiy tushunchalaridan yiroq va ilmiy dalillarga ega bo‘lmagan har xil turdagi hodisalarni havola etamiz.
Sirli daryo
Xitoyda hatto 30 daraja sovuqda muzlamaydigan sharsharali daryo bor. Lekin yozning o‘rtasiga kelib oqim aniqlab bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muzlay boshlaydi.
Yovuz ko‘l
Qozog‘istonning Taldiqo‘rg‘on viloyatidagi juda kichik (100-60m) suv ombori yozning eng issiq paytida ham qurimaydi, qolaversa suv muz bilan qoplanadi. U yerda na baliq, na suv o‘tlari o‘sadi. Hozirgacha bu yerda aniq tadqiqotlar olib borilmagan, negaki bu suvga hatto kislorodga to‘ldirilgan ballonlar bilan kirgan g‘avvoslar uch daqiqa o‘tgach, bo‘g‘ila boshlaydi.
Sarxush qushlar vodiysi
Osmondan qulayotgan qushlar vodiysi Hindistonning Assam shtatidagi tog‘larda joylashgan. Yozning oxiriga kelib, aynan avgust oyining o‘rtalarida yarim tunda qushlar osmondan tusha boshlaydi. Ular yarim hushsiz holatda bo‘lib, hatto qo‘lga olinganda ham qutulishga urinmaydi.
Tasodifiy mos kelganlikmi yoki...
Olimlar Shimoliy muz okeani va Antarktidaning shakllari va o‘lchamlarini o‘rganib chiqib, ularning konturlari (sirtqi ko‘rinishlari) deyarli bil xil ekanligini ko‘rib hayratda qolishdi. Meteorit qulashi natijasida Antarktida qit’asi sayyoraning narigi tomonidan “siqib chiqarilgan” degan taxmin olg‘a surildi. Bu fantastik faraz bugungi kunda ham ko‘plab tarafdorlarga ega.
Davrini “adashtiradigan” urush
Gretsiyaning Krit orolida guvohlar ularning ko‘z oldida Franka-Kastello qal’asi yaqinidagi dengiz ustida shovqin-suron va qurollar ovozi eshitilgan ulkan jang sahnasi paydo bo‘lganini tavsiflab berishgan. Sarob dengiz bo‘ylab asta -sekinlik bilan harakatlanib qal’a devorlariga g‘oyib bo‘ladi. Tarixchilarning aytishicha, bu yerda 150 yil oldin yunonlar va turklar o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan: go‘yoki davrda adashib, uning voqeligi vaqti-vaqti bilan Franka-Kastello qal’asi yaqinidagi qirg‘oqda kuzatilib turadi.
Tongdagi gloriya
Shuni ham aytish kerakki, hamma tabiiy hodisalar ham ayanchli emas. “Tongdagi gloriya”ni haqli ravishda eng go‘zal tabiiy anomaliyalardan biri deb hisoblash mumkin. Bu Avstraliyaning shimolidagi Karpentariya ko‘rfazida uchraydigan noyob meteorologik bulut turi. Yuqoridan yoki yerdan ajoyib manzara kasb etib osmon bo‘ylab katta hajmli bulutlar yoyiladi. 1970 yillardan beri bu hodisani o‘rganib kelayotgan olimlar hozircha bu tabiat mo‘’jizasidan zavqlanishdan boshqa chora yo‘qligini aytishmoqda.
***
Tabiiy anomaliyalarning oldini olib bo‘lmaydi, biroq tabiat va aholining halokatiga olib keladigan anomaliyalarning oldini olish, o‘zimizdan keyin beg‘ubor go‘zalliklarni qoldirish va zararli ta’sirlarni kamaytirish insoniyatning qo‘lidadir.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.