Tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi 897-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshiriladi.

Jumladan:

Tabiiy gazning (1 kub/m uchun) narxi:

- hisoblash asboblari bo‘lganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun — 350 so‘m;

- hisoblash asboblari bo‘lmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:

- ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun — 605 so‘m;

- isitish tizimi uchun — 350 so‘mdan hisoblanadi.

Elektr energiyasining narxi (1 kVt soati uchun):

I va II guruhdagi iste’molchilar uchun — 370 so‘m;

III guruhdagi iste’molchilar uchun — 280 so‘m;

IV guruhdagi iste’molchilar uchun — 392 so‘m etib belgilanadi.