Tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha soliq imtiyozlari mavjudmi?
Soliq kodeksida tabiy ofatlar sodir bo‘lganligi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash yuzasidan soliq imtiyozlari nazarda tutilmagan.
Kodeksning 100-moddasi birinchi qismida soliqni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda to‘lash imkonini bermasa, biroq ko‘rsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun berilgan muddat mobaynida to‘lash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lsa, berilishi mumkinligi qayd etilgan.
Shuningdek, ikkinchi qismi birinchi bandida ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilgan bo‘lsa, soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi mumkinligi belgilab berilgan.
Qarzdorlikni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi Soliq kodeksining 101-moddasida belgilangan.
Valisher Temirov,
viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimi.