“Tadbirkor”dan 1,33 milliard so‘mlik kiyim-kechak olib qo‘yildi

Qonunga itoat qiluvchi tadbirkorlar doimo davlatimiz himoyasida bo‘lib kelgan. Biroq guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, amaldagi tartib-taomillarga panja orasidan qarab, noqonuniy faoliyat yuritishni maqsad qilgan “tadbirkorlar” ham bor.

Viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor soliq tekshiruvlarida shunday faoliyatni o‘ziga kasb qilib olganlarning sirlari fosh bo‘lmoqda.

Masalan, Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Sh. daromad topishni o‘yladi-yu, ammo qonuniy faoliyat yuritish masalasida mas’uliyatni unutib qo‘ydi. O‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida ushbu fuqaro Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 38-uyda tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi. Oqibatda qiymati 1 milliard 33 million 920 ming so‘mlik 21 turdagi kiyim-kechaklar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.