Tadbirkorga bekatda pivo savdosi uchun ruxsat berilmagan

Kecha, 13 iyul kuni Zarnews.uz telegram kanalida Samarqand shahrining Mirzo Bedil ko‘chasidagi "Sug‘diyona istirohat bog‘i" bekatida pivo do‘koni tashkil etilgani haqida xabar tarqaldi. Bu esa jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga ham sabab bo‘ldi.

Mazkur holat mutasaddilar tomonidan tezda joyiga borib o‘rganildi. Vaziyat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, ushbu bekat tadbirkorga tegishli bo‘lib, u yerda pivo savdosi uchun hech qanday ruxsat berilmagan. Tadbirkor ham ayni paytda bunday savdo turi bilan shug‘ullanmayotganini ma’lum qildi. Biroq xabarda aks etganidik, tadbirkorda pivo savdosi faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejasi bo‘lgan va hozircha reklama qilish ishlarini olib borgan.

Ammo tadbirkorning bu rejasi amalga oshmadi. Unga bekatda bunday savdo turini tashkil qilmaslik tushuntirilib, belgilangan tartibda ogohlantirish berildi. Shuningdek, bekat pivo reklamalaridan tozalandi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.