Tadbirkorga bojxona imtiyozi

Bu borada Prezidentimizning joriy yil 29 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori dasturulamal bo‘lmoqda. 

Qaror asosida 10 mingdan ortiq tovarlar bo‘yicha bojxona boji stavkasi pasaytirilib, shundan 6240 ta tovar turlari uchun bojxona boji bekor qilindi. Bojxona boji stavkasining o‘rtacha arifmetik hisobi oldingi qarorlar bo‘yicha 15,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yangi qaror bilan ular 2,5 baravarga kamaytirildi va 6,5 foizni tashkil etmoqda. 

Shuningdek, jami aksiz solig‘iga tortiladigan 242 tovardan 214 tasi bo‘yicha aksiz solig‘i miqdori tushirilib, shundan 114 tovar uchun bunday soliq bekor qilindi. Aksiz solig‘i stavkasining o‘rtacha arifmetik hisobi oldingi qarorlar bo‘yicha 33,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yangi qaror bilan ular ikki baravarga kamaytirildi va 17,9 foizni tashkil etdi.