Tadbirkorlar uchun ochiq axborotlar

Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratildi. Ya’ni, sub’yektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning bu jarayondagi elektron hamkorligini ta’minlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ma’lumotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestriga kiritib borilmoqda. 
 Ahamiyatlisi, bu bilan tadbirkorlik sub’yektlari davlat statistika organlarining korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlar bazasida o‘zlari uchun ochiq bo‘lgan axborotlarni olishlari uchun qulayliklar yaratildi. Hozirda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 17 261 nafar tadbirkorlik sub’yekti (shundan 291 tasi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar) ham bunday imkoniyatdan to‘la foydalanmoqda. Tashqi foydalanuvchilar, bevosita davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz rasmiy saytida real vaqt rejimida, so‘ralayotgan yuridik shaxsning STIR raqamini kiritib, yuridik shaxs to‘g‘risidagi axborotni olishi mumkin. 

Shodmon TOShPO‘LATOV, 
viloyat statistika boshqarmasi
axborot xizmati mutaxassisi.