Tadbirkorlik – farovonlik kaliti


Tadbirkorman.  2013 yili "Agrobank"ning Ishtixon tuman filialidan 60 million so‘m kredit olib, 6 ta ishchi bilan faoliyatimizni boshlagandik. Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar yil sayin  ko‘paytirilayotgani tufayli ishlab chiqarayotgan mahsulotimiz hajmi va turlari ham ortib bormoqda. Dastlab faoliyatimizni lak-bo‘yoq va quruq qorishmalar ishlab chiqarishdan boshlagandik, keyinchalik 10 turdan ortiq rangli bo‘yoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. O‘ozirda mahsulotlarimiz turi 50 dan oshdi. 
Prezidentimiz tabrikda 2018 yil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo‘ladi, deya alohida ta’kidladi. Biz, tadbirkorlar ham ana shu ezgu maqsadga erishishda, albatta, o‘z mehnatimiz bilan munosib hissa qo‘shamiz. Nasib bo‘lsa, bu yil investitsiya jalb etib, korxonamizni kengaytirish va ishlab chiqarishni xalqaro andozalarga moslashtirishni rejalashtirganmiz. Buning uchun Xitoyga borib, zamonaviy uskunalar keltirish, mahsulot turini ko‘paytirish va ishchilar sonini 50 nafarga yetkazish niyatidamiz. 


Mahmud TURDIYeV, Ishtixon tumanidagi "Ishtixon mega star invest" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.