Tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha subsidiya beriladi
“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 1 apreldan:
- Tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million so‘mdan 10 million so‘mga oshiriladi;
- “Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.
- 2022 yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltiriladi;
- ijarada turgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovining 50 foizi, ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha kompensatsiya beriladi.
Shuningdek, 2022 yil 1 apreldan:
- boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:
farzandlari davlat bog‘chalariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
- 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarga byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.
- to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;
- kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida bog‘cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi byudjetdan qoplab beriladi.