Ta’lim sifati oshishida kutubxonaning o‘rni katta
Kitobga mehr qo‘yish, avvalo, oilada boshlanadi va maktabda shakllanadi. Hozirgi kunda yurtimizda bu ham borada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Xususan, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan «Yosh kitobxon» tanlovi haqiqiy bilim egalarining iste’dodini namoyish qilmoqda. Maktab o‘quvchisi kitob o‘qib, xorijdagi xalqaro ta’lim muassasalarida o‘qiyapti, mashina, uy olyapti.
Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirishda kutubxonaning ham o‘rni beqiyos. Negaki, har bir o‘qilgan kitob o‘quvchi qalbida yashaydi, unga hayotga boshqacha ko‘z bilan boqishni o‘rgatadi. Bugun nafaqat badiiy kitoblar, balki ilmiy-ommabop kitoblar ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmayapti.
Zamonaviy ta’lim strategiyasini rivojlantirishda kutbxona bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish eng to‘g‘ri yo‘l. Aksariyat xorij mamlakatlarida o‘quvchilar bo‘sh vaqtini kutubxonada o‘tkazadi. Chunki kutbxona kitobxonni irodasini mustahkam qilib, ichki olamini mukammallashtiradi, yangi dunyo bilan tanishtiradi.
Ta’lim sifatini oshirish uchun birinchi navbatda kitobxonalar bilan hamkorlikni maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlash kerak. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrdan boshlab, bolaning mustaqil faoliyati rivojlanadi hamda shaxsiy fazilatlari tarkib topa boshlaydi. Shu bilan birga, yoshi kattalar, jumladan, tarbiyachilar, o‘qituvchilar ham kitobga mehrni qo‘yishni o‘rganadi.
Sifatli ta’lim berishni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rivojlantirish bu eng ustuvor pirovard maqsadimiz ekan, bu bilan birga, albatta, kutubxonalarimizni yanada kengaytirishimiz, kitobxonlikni eng ilg‘or eng zamonaviy usullarda targ‘ib qilishimiz kerak.
Zarnigor Ergasheva,
Payariq tumanidagi 28-maktab kutubxona mudirasi.