Talonchilik bilan shug‘ullangan ikki ovsinga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Joriy yilning 24 avgust kuni soat 10:00 da Namangan shahri “Chorsu” bozorida joylashgan avtoshohbekat oldida noma’lum shaxslar 38 yoshli N.T.ning qulog‘ida bo‘lgan bir dona, narxi 1.500.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan ziragini tortib olib ketgan.
Bundan tashqari, shu kuni soat 13:00 da Namangan shahri “Chorsu” dehqon bozorida ham noma’lum shaxslar 27 yoshli O.S.ning qulog‘ida bo‘lgan bir dona, narxi 2.000.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan ziragini tortib olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi ovsinlar - 26 yoshli G.S., M.Yu. va 22 yoshli N.Yu.lar sodir etilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.