Ta’minotchi tashkilotlardan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish tartibi bekor qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan quyidagi tartib o‘rnatildi:
2020 yil 1 yanvardan boshlab, ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqida ma’lumotlarni faqat Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi o‘rnatilgan holda, tegishli kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish talabi bekor qilinadi.
Ya’ni, notarial idoralarda notariuslarning o‘zlari axborot tizimlaridan foydalangan holda ushbu ma’lumotlarni Majburiy ijro byurosining axborot tizimlaridan oladi.
Samariddin MAMAYuSUPOV,
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi
bo‘lim boshlig‘i.