Tanzaniyada 15 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi
Tanzaniyada noma’lum infeksiya yuqtirish sababli kamida 15 kishi vafot etdi va 50 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi.
"Kasallangan odamlar ko‘ngil aynish va qon qusishidan aziyat chekmoqda.
Ushbu kasallik hali keng tarqalmagan, epidemiya faqat bitta ma’muriy hududda sodir bo‘lgan, bu kasallik to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lmagan u yerdagi odamlar kasalxonaga kech kelgan va ular vafot etishgan", deb xabar beradi Anadolu yangiliklar agentligiga Chunya Mbey okrugi bosh shifokori Feolista Kisandu.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki tekshiruv bemorlarning oshqozon yarasi va jigar kasalliklariga chalinganligini ko‘rsatdi. Ta’kidlanishicha, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari mutaxassislar guruhini mintaqaga yuborgan.
Ma’lum qilinishicha, shunga o‘xshash holatlar 2018 yilda ham qayd etilgan bo‘lib, bir necha kishi yuqori isitma, oshqozon buzilishi va qon qusishi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz: bugungi kunda Tanzaniya epidemiologik vaziyat qulay bo‘lgan kam sonli mamlakatlardan biri hisoblanadi.