Taqiqlangan materiallarni telefonida saqlaganlar jazolanadi

Viloyat transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Past Darg‘om tumanida yashovchi fuqaro T.O.ga tegishli bo‘lgan “TEChNO SPARK” rusumli telefon apparati xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida Sodiq Samarqandiyning yurtimizda taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarini saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. o‘zining “REDME NOTE-9” rusumli telefon apparati tekshirilganda Instagramdagi shaxsiy sahifasida O‘zbekistonda taqiqlangan diniy mazmundagi videoroliklarni saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga taqdim etildi.

Akmal ABDUALIMOV,
viloyat transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi.