«Taraqqiyot» tanlovi g‘olibi rahbarlikka tayinlanadi

Istiqbolli boshqaruv kadrlarni tanlab olish tizimini yanada takomillashtirish, ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish maqsadida Prezidentimizning 2018 yil 30- maydagi «Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra,

* Davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning istiqbolli boshqaruv kadrlarni tanlab olish bo‘yicha «Taraqqiyot» respublika tanlovida ishtirok etish davridagi egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.

* Tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi.

* G‘oliblar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida uch oy muddatda stajirovka o‘taydi.