Tilimiz faqat «Til bayrami»da eslanmasligi kerak

«Peshqadam Karvoni» loyihasi o‘zbek tili rivoji uchun “Tilimiz faqat «Til kuni»da eslanishi kerakmi?!” mavzusida tanlov e’lon qildi. 

Tanlov quyidagi mavzular asosida o‘tkaziladi:

  1. Jamiyatda o‘zbek tiliga nisbatan munosabat.
  2. Xorijiy tillarni o‘rganishning o‘zbek tiliga ta’siri.
  3. O‘zbek tilini asrab-avaylash va targ‘ib qilish uchun tilni jonlantirish ishlari.

Tanlovga 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ijodkor, mutaxassis, umuman, til rivojiga befarq bo‘lmaganlar taklif etiladi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

  • yuqoridagi istalgan mavzuning biriga she’r, insho, referat, ilmiy-ommabop maqola, tezis yozish;
  • tilda uchraydigan muammolarga aniq to‘xtalib o‘tish;
  • o‘zbek tili fidoyisi sifatida o‘z fikr va xulosalarini turli tilshunos olimlar va adiblarning nuqtai nazarlari, faktlar, misollar yordamida yoritib berish;
  • tanlov materiallarini vord fayl ko‘rinishida Times New Roman, 14 shriftida yuborish kerak.

Tanlov g‘oliblarini Odinaxon Muhammad Sodiqning dastxatlari tushirilgan quyidagi kitoblar kutmoqda:

    1-o‘rin «Odoblar xazinasi»;

   2-o‘rin «Islom tarixi»;

   3-o‘rin «Baxtiyor oila» va «Peshqadam Karvoni»dan maxsus esdalik sovg‘alari.

Tanlov uchun tayyorlangan ijodiy ishlar 10 oktyabrga qadar qabul qilinadi va natijalar 14 oktyabrda tashkillashtirayotgan "O‘zbek tili haqidagi maxsus tadbir"da e’lon qilinib, g‘oliblar taqdirlanadi. 

Ijodiy ishlar @Til_rivoji_uchunbot ga yuboriladi. 

Muhim eslatma! Tanlov ishtirokchilari plagiatning oldini olish va mualliflik huquqini himoya qilish maqsadida ijodiy ishlari uchun har qanday manba, nashr va internet qidiruv xizmatlaridan iqtibos olganlarida manbani ko‘rsatishlari shart.