“Tashabbus-2021”da Samarqand viloyatining eng yaxshi tadbirkorlari aniqlandi

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus-2021” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman-shaharlarda birinchi o‘rinni egallagan 78 nafar tadbirkor, fermer va hunarmand bellashdi.

Bu yilgi tanlovda tadbirkorlar “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri”, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” va “Yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyalarida ishtirok etdi.
Tanlov avvalida viloyat hokimining o‘rinbosari J.O‘roqov ishtirokchilarni tabriklab, ularga tanlovning respublika bosqichida ham omad tiladi.

Bir yillik tanaffusdan so‘ng o‘tkazilgan tanlovda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ham ishtirok etdi. Tanlovda ilk bor qatnashayotgan tadbirkorlar soni ham sezilarli ravishda oshgan.
- Biz 2017 yilda tekstil yo‘nalishida 2 nafar ishchi bilan oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlagandik, - deydi “Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasi rahbari Fazliddin Salimov. – Ishimiz rivojlanib boravergach, Turkiya va Germaniyadan zamonaviy uskunalar keltirib erkaklar ko‘ylaklarini tikishni boshladik. Hozirda 65 nafar ishchi bilan “URGUTINI” brendi ostida ichki va tashqi bozorlarga sotyapmiz. Yilning o‘tgan 5 oyida mahalliy xomashyodan Turkiyaga 500 million so‘mlik mahsulot eksport qildik. Yil yakunigacha erkaklar shimini tikishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz.

“Tashabbus-2021” tanlovi ishtirokchilari asosiy yo‘nalishlardan tashqari 11 ta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham baholandi.

Yakka tartibdagi tadbirkor Sirojiddin Burxonov “Yilning eng yaxshi “Start- Up” loyihachisi”;
“Rohat ona chevarlari” oilaviy korxonasi “Eng yaxshi oilaviy biznes”;

“Urgut Ma’rufhoji” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Eng yaxshi investitsion loyiha”;
“Kumush tola” xususiy korxonasi “Eng yaxshi eksportchi”;

“Oqdaryo ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Yoshlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor”;
Bibihamida Xo‘jaqulova “Eng yaxshi milliy brend”;

“Hotel Zirabuloq Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Turizm sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi”;
“Bulung‘ur Sandvik” agrofirmasi “Eng yaxshi tadbirkorlik klasteri”;

“Mitan yog‘du elektrik” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Yilning eng yaxshi mahsuloti”;
Hasan Qurbonov “Eng yaxshi ko‘rgazma namoyishi”;

“Marokand Gold” korxonasi “Mahallaning rivojiga eng ko‘p hissa qo‘shgan tadbirkor” sifatida e’tirof etilib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shundan so‘ng asosiy yo‘nalishlarda g‘olib deb topilganlar e’lon qilindi.

“Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo‘nalishida
1-o‘rin - “Mironkul Construction Materials” MChJ
2-o‘rin - “Samarkand-England Eko Medikal” MChJ QK
3-o‘rin - “Ospan Kar Invest” MChJ

“Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”
1-o‘rin - “Zarmed Pratiksha Hosptal Group” MChJ QK
2-o‘rin - “Manzurabonu” NTM
3-o‘rin – “Mironshoh Grand - 2020” MChJ

“Yilning eng yaxshi fermeri”,
1-o‘rin - “Jomboy naslli parranda”
2-o‘rin – “Ozod Xudoyberdiyev”
3-o‘rin – “Qo‘rg‘on jilvasi” fermer xo‘jaligi

“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”
1-o‘rin - “Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasi
2-o‘rin - “Net Product Lux” MChJ
3-o‘rin – “Jahongir Baxt Plyus” MChJ

“Yilning eng yaxshi hunarmandi”
1-o‘rin - Shavkat Zohidov
2-o‘rin - Jamol Esonov
3-o‘rin – Farhod Ergashev

Har bir yo‘nalishda birinchi o‘rinni egallagan tadbirkorlar “Tashabbus-2021” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etib, viloyatimiz sharafini himoya qiladi.

O‘ktam Xudoyberdiyev,
Baxtiyor Mustanov olgan suratlar.