Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Tashkent City”dagi inshoot tomi qulab tushgan

Aytishlaricha, bugun - 2 dekabr kuni yaqinda “Tashkent City”da qurib foydalanishga topshirilgan kongress-xoll tomining bir qismi qulab tushgan. Voqea 8 dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan tashkil etiladigan bayram dasturiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda — repititsiya chog‘ida yuz bergan.

O‘sha yerda bo‘lganlarning ma’lumotiga ko‘ra, tom qulagan paytda uning ustida usta bo‘lgan, u chaqqonlik qilib o‘z hayotini saqlab qolgan. Lekin repititsiyadagilar qo‘rqib, vahimaga tushib qolishgan. Oradan ko‘p o‘tmay, voqea joyiga shahar hokimi yetib kelgan.