Tasodif tufayli kamera ob’yektiviga tushgan muvaffaqiyatli fotosuratlar

Tasodiflar hayotimizning hayratga sabab bo‘ladigan bir qismidir. Ba’zida professonal fotosuratchi bo‘lmagan odamlar haqiqiy hayrat va zavq keltiradigan lahzalarni suratga olishga muvaffaq bo‘ladi.

Hayratlanishga tayyormisiz? Keling, ushbu ajoyib suratlarni ko‘rib chiqamiz.

Battar bo‘lsin, ninachi meni tishlamoqchi bo‘lgan chivinni qo‘limdayoq yeb qo‘ydi

Evakuator mashinasiga tezlikni oshirganlik uchun jarima solindi

Vaziyat, albatta, kulgili va evakuatordagi mashinaning o‘zi harakat qilmayotganligini isbotlash juda oson. Jarima uchun transport vositasining egasi emas, yuk mashinasini boshqarayotgan shaxs javobgar.

Yashin urishi paytida olingan surat

Juda taassurotli! Mendan taxminan 60 metrdan kamroq masofada momaqaldiroq daraxtni urganini ko‘rdim. Bu kuchli yomg‘ir paytida sodir bo‘ldi, daraxt yonib ketdi va o‘t o‘chiruvchilar kelib yong‘inni o‘chirdi. Keyinchalik 2 oy ichida bu daraxtning nobud bo‘lganini kuzatdim”, - deydi muallif.

Toqqa ko‘tarilayotgan ko‘zoynak” pastga tushib ketib, kerakli vaqtda suratga tushdi

Bu ikki zebra uzukka ko‘z qo‘ygandek bir-biriga mos kelgan

Fuqaro ko‘chadan topilgan kredit kartasini qaytarish uchun polisiya bo‘limiga bordi

Bir necha daqiqa ichida polisiya karta egasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Topib oluvchininghayratiga kartaning egasi naqd Gollivud aktyori Xarrison Ford bo‘lib chiqdi.

"Qayiqda do‘stlarimni suratga olayotganimda, bu baliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamera qarshisiga sakrab chiqib, kulgili rasm sababchisi bo‘ldi"

U go‘yoki“durdona asar” yaratgani uchun uzr so‘rayotganga o‘xshaydi.

"Apelsin yeyayotib, aylanachasining yarmi sariq, ikkinchisi esa to‘q sariq bo‘lganini ko‘rib qoldim...

Aftidan, bu apelsin kam uchraydigan mutasiyaga uchragan va qizig‘i, uning bir qismi shirin, boshqa qismi esa achchiqroq edi".

Yashinqaytargich kamalak

Bu haqiqiy tasodif, chunki kamalak shunchaki suv tomchilari orqali o‘tadigan singan yorug‘lik. Shu sababli u chaqmoq bilan aloqa qila olmaydi.

Bu ajdaho go‘yo olov nafas chiqarayotganga o‘xshaydi...

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.