TAYINLOV: Vohid Luqmon “Dunyo bo‘ylab” telekanali rahbari lavozimiga tayinlandi
- 28.05.2019 10:47
- 176
- O‘zbekiston
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali rahbari o‘zgardi, deb yozmoqda O‘zA.
Telekanalga ayni paytgacha “Oila va jamiyat” gazetasi bosh muharriri vazifasiga ishlab kelayotgan jurnalist Vohid Luqmonov tayinlandi. Eslatib o‘tamiz, Vohid Luqmonov avval “Madaniyat va ma’rifat” telekanali direktori sifatida ham faoliyat yuritgan.