TDAU Samarqand filialida geografiya fanidan “Viloyat hokimi olimpiadasi" bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10- va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida geografiya fanidan o‘tkazilgan olimpiadada o‘quvchilarga 40 ta savoldan iborat savollar varaqasi tarqatildi. Olimpiadada 46 nafar 10-sinf va 47 nafar 11-sinf o‘quvchilari qatnashdi.
10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasida 1-o‘rinni Mardonbek Otamurodov (Nurobod tumani 75-maktab), 2-o‘rinni Asliddin Mardonov (Narpay tumani 31-maktab), 3-o‘rinni Yorqul Bo‘riyev (Nurobod tumani 10-maktab) qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 1-o‘rinni Ramziddin Olimov (Jomboy tumani 11-maktab), 2-o‘rinni Dilshod Yorqulov (Kattaqo‘rg‘on tumani 17-maktab), 3-o‘rinni Qahramon Suhbatov (Narpay tumani 31-maktab) egalladi.
G‘olib va sovrindorlarga kitoblar to‘plami va diplom topshirildi.
Shuningdek, filialda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada Oqdaryo tumanidagi Paxtaobod, Turon, Pichoqchi, Boshdarxon, Alisher Navoiy, Po‘latdarxon, Olchintepa, Amir Temur, Chorbog‘, Sug‘onchi, Yangiobod, Mustaqillik, Taraqqiyot, Kumushkent, Bozorjoy, Dahbed mahallalaridan kelgan 45 nafardan ortiq yoshlar bilan birgalikda filial talabalari ham ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosiz kechgan musobaqada 1-o‘rinni Paxtaobod mahallasidan Marjona Malikova, 2-o‘rinni Kumushkent mahallasidan Habiba Amonova, 3-o‘rinni filial talabasi Marhabo Xotamova qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali diplomlar hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.