Tejamkor lampalar - qulay, foydali

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 iyunda qabul qilingan “Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan dolzarb vazifalar xususida so‘z yuritildi.
Seminarda iste’molchilarga kam energiya sarflaydigan va ko‘p yorug‘lik beradigan zamonaviy lampalardan foydalanish bo‘yicha dunyo tajribalari haqida ma’lumot berildi.
Joriy yilning to‘rtinchi choragi mobaynida shunday tadbirlar Urgut, Jomboy, Past Darg‘om, Kattaqo‘rg‘on tumanlari elektr ta’minoti korxonalarida ham o‘tkazildi.

Qosim XO‘JAMURODOV,
«O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi Samarqand hududiy bo‘limi inspektori.