«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarda yashovchi talabalarga 4 million so‘mgacha belgilangan chegirma qanday olinadi?
Bugun AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va sohaga oid savollarga javob qaytardi.
- «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarda yashovchi talabalarga 4 million so‘mgacha belgilangan chegirmani olish uchun qanday ma’lumot kerak va qaysi tashkilot tomonidan beriladi?
- Talaba “temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan oila a’zosi ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotni o‘zi tahsil oladigan OTM rahbariyatiga taqdim etishi zarur.
“Temir daftar” ro‘yxatida ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotni olish uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari (ya’ni o‘zi yashab turgan hududiy bo‘linmasi)ga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq.