Temur Malik ko‘chasi e’tiborga muhtoj

Gap Samarqand shahridagi shu nomli ko‘cha haqida bormoqda.
Garchi bugun ko‘hna kentda katta bunyodkorlik ishlari davom etayotgan bo‘lsa-da, ammo barcha ishlar sifatli bajarilmayotganini ko‘rib turibmiz. Shuningdek, ba’zi shahar markazidagi ko‘chalar umuman e’tibordan chetda qolmoqda.
Jumladan, Temur Malikdek sarkarda nomiga qo‘yilgan ushbu ko‘chada qator nufuzli tashkilotlar joylashgan bo‘lib, avtoturargoh masalasi muammo bo‘lib turibdi. Sobiq “O‘zkitob” va "Samarqand" gazetasi tahririyati yonidagi ayanchli ahvoldagi maydonning bir tomonida beton tirgak turgan bo‘lsa, boshqa tarafda beton ariqlar skameyka sifatida foydalanilyapti.
Shu ko‘chaning Alisher Navoiy ko‘chasiga tutashadigan qarshi tarafida ariqning davomini men izlab topa olmadim, topilgan joyga esa g‘isht terib qo‘yilganini siz ham ko‘rishingiz mumkin.
Balki shahar hokimligidagilarning bu tomonlarga yo‘li tushmayotgandir...
Shohruh Alibekov.