Termizda juda katta maydonda kichik Samarqandni bunyod etishdi

Termiz shahrida joriy yilning 5-10 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik boshlab yuborilgan. Har bir viloyatga katta-katta maydonlar ajratib berilgan. Ular bu maydonda o‘z sahnalarini o‘rnatishdi. Shuningdek, maydonda hunarmadchilik buyumlarini namoyish etish boshlanib ketdi.

Samarqandliklar ham juda katta maydonda kichik Samarqandni bunyod etishdi.

Samarqand viloyat teatri Amir Temur bobomizning xorijiy elchilarga baxshilarimiz san’atini ko‘rsatish sahnasini tayyorlashmoqda.

 

Bulung‘ur tumanining "Chavki" jamoasi ham festivalga katta tayyorgarlik bilan tashrif buyurgan.