Test sinovlarining yettinchi kuni Samarqandda 8 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi
- 15.08.2022 09:35
- 125
- Ta’lim
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limining Zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, 14 avgust kuni birinchi navbatda qatnashishi kerak bo‘lgan 5460 nafar abituriyentdan 5040 nafari test sinovlarida ishtirok etgan. Ammo 420 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmagan.
Ikkinchi navbatda abituriyentlarning 5150 nafari test sinovlariga kelgan bo‘lsa, 310 nafari qatnashmagan.
Birinchi va ikkinchi navbatda to‘rt nafardan abituriyent tartib-intizomga rioya qilmasdan, ta’qiqlangan vositalardan foydalangani tufayli test sinovlaridan chetlatilgan.
Eslatib o‘tamiz: Abituriyentlar imtihon hududiga test sinovi boshlanishidan 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.
Teglar:
test sinovlari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa