"The Food Ranger" kanalini yurituvchi, 4 millionga yaqin kuzatuvchiga ega bloger Samarqandga keldi

Joriy yilning 23 dekabr kuni YouTube kanalida "The Food Ranger" nomi bilan mashhur bo‘lgan kanadalik bloger Trevor Jeyms Samarqand shahriga keldi.

Jeyms 2013 yil mart oyidan buyon taom va sayohat haqida blog yuritadi va hozirgi kunda uning YouTube dagi kanali a’zolari 3,68 millionga, Instagram’ dagi muxlislari esa 680 mingga yetdi.

U Samarqandcha osh, non, kabob va somsa tayyorlash jarayonlari bilan tanishdi. Tasvirga olish mobaynida Jeyms Samarqand taomlarining mazali ekanligi, o‘ziga xosligini alohida e’tirof etdi.

Shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishar ekan, Trevor Jeyms o‘zi suratga olgan tarixiy ob’yektlar, gastornomiyaga doir foto va videolavhalar viloyatning sayyohlik salohiyati taqdimoti, mintaqaga turistlarni yanada ko‘proq jalb qilish imkonini berishini ta’kidladi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.