Timliklar “Samarqand” telekanalini tomosha qiladigan bo‘ldi

2019 yil 24 noyabr kuni viloyat hokimining Nurobod tumani, Tim qishlog‘i aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida mahalliy aholi hududda “Samarqand” telekanalini tomosha qilish imkoniyati yo‘qligini bildirishgan edi.

Tim qishlog‘i viloyat markazidan 140 kilometr, Nurobod shahridan 65 kilometr uzoqlikda, notekis qir-adirliklar orasida joylashgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va viloyat teleradiokompaniyasi mutaxassislari tomonidan ushbu hududga zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda radio va telekanallar uzatilishini ta’minlash maqsadida xayrli ishga qo‘l urildi.

Qishloqqa maxsus stansiya o‘rnatilib, tumanning Yakkatut, G‘arovli, Oymaxol, Tim, Uzumli, Hakkar qishloqlari aholisiga raqamli televideniyening 19 ta kanali, jumladan, “Samarqand” telekanali uzatilishi ta’minlandi. Natijada ushbu hududda yashovchi 6700 nafarga yaqin aholining roziligi olindi.