The Times nashri sayohat uchun qulay hududlarni tavsiya qildi: Samarqand alohida tilga olingan
- 29.01.2022 17:26
- 121
- Sayohat
Buyuk Britaniyaning nufuzli nashri may oyida tashrif buyurish uchun 11 ta eng yaxshi davlat nomini e’lon qildi. O‘zbekiston ham bu ro‘yxatdan joy olib 8-pog‘onani band etgan.
“Iliq va quruq ob-havoli may oyi issiq yozdan farqli ravishda mamlakatga tashrif buyurish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Bu paytga kelib poytaxtning Chorsu bozori bahoriy mahsulotlar – ko‘k o‘rik (dovcha), olma, qulupnayga to‘ladi”, deyiladi maqolada.
The Times shuningdek, moviy gumbazli masjidlar joylashgan tarixiy muhit va Shoxi Zinda majmuasiga ega Samarqand hamda Ark qal’asi joylashgan Buxoroni ziyorat qilishni tavsiya qiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa