Tibbiy ko‘rik nomiga o‘tkazilmaydimi?
Kanalimizda o‘qituvchilar uchun tibbiy ko‘rik mavzusida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.
“Maktab boshlanmoqda: Tibbiy ko‘rikdan o‘tdingizmi? Bu borada muammolar yo‘qmi?” savoli bilan o‘tkazilgan so‘rovnomada (so‘rovnoma 16 avgust kuni boshlangan) ishtirokchilarning 24 foizi “ko‘rikdan o‘tdim, hammasi joyida” javobini belgilagan.
Qatnashchilarning 35 foizi “ko‘rikdan nomigagina o‘tyapmiz, tibbiy tekshiruvlar deyarli yo‘q” javobini belgilagan.
Shuningdek, 35 foiz o‘qituvchilar yuqoridagi sana holatida hali tibbiy tekshiruvdan o‘tmaganini bildirgan.
Qolgan ishtirokchilar (6 foiz) izohlarda o‘z fikrini qoldirishi ma’lum qilgan, ammo fikr bildirishdan tiyilgan.