Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Til - millat ko‘zgusi

21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi Samarqand akademik litseyi o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida shu mavzuda davra suhbati bo‘ldi.

Tadbirda filologiya fakulteti dekani, professor Azamat Pardayev, dotsent Alisher G‘afforov, dotsent Rohila Suvonovalar akademik litsey o‘quvchilariga o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining tarixiy ahamiyati, yoshlarning tilimizga munosabati hamda har bir shaxs davlat tilining himoyachisi bo‘lishi lozimligi, nutq madaniyatiga rioya qilish haqida ma’ruza qildi.
Davra suhbatida akademik litsey o‘quvchilari va fakultet talabalari tomonidan ona tilimiz madh etilgan she’rlar va ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir davomida o‘quvchilar universitet tasarrufidagi Alisher Navoiy muzeyida bo‘lib, u yerda Navoiy hayoti va ijodiga oid qo‘shimcha tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy asarlarining xattotlar tomonidan turli davrlarda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxalari, shu bilan birga universitet hayotiga doir manbalar bilan tanishdi.

Q.Xalilov,
D.Negmatova,
Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi Samarqand akademik litseyi o‘qituvchilari.