Tipratikonlarni ro‘yxatga olish nega kerak?

Rossiyada birinchi marta urallik olimlar tipratikonlarni ro‘yxatga olishmoqchi. Nima, olimlarni qiladigan boshqa ishi yo‘qmi?

Gap shundaki, deb xabar beradi “AiF” (2021 y. 26-son) hayvonot olamining ushbu vakillari yetarli o‘rganilgan emas. Rossiyada ularning 5 mingdan ziyod turi yashaydi. Albatta, olimlar ularning hammasini boshma-bosh sanab chiqishmoqchi emas, buning iloji ham yo‘q. Ammo ularni ko‘payishi yoki kamayishi dinamikasi haqida ma’lumot olsa bo‘ladi. Agar kirpilar soni kamayayotgan bo‘lsa, "Qizil kitob"ga kiritiladi. Ular zararkunanda hasharotlarni yeb, bog‘bonlarga katta foyda keltiradi. Dastur birinchi bosqichi kuzgacha, kirpilar qishki uyquga ketgunicha o‘tkaziladi.

***

Soch oqarishini davolash mumkinmi?

Kolumbiya universiteti olimlari asabiylikdan oqargan sochni oldingi holatiga qaytarsa bo‘ladi, degan xulosaga keldilar.

Tahlillar ko‘ngillilarda o‘tkazildi. Ruhiyatga zo‘riqish kamaytirilganda ayrim oqargan sochlar oldingi holatiga qayta boshladi. Masalan, ta’tildagi besh ko‘ngilli kuzatilganda sochlari yana qora tusga kirdi. Ammo qayta soch qoraytirish hammada ham bo‘lmaydi. Masalan, 70 yoshli kishining oqargan sochini yana qoraytirib bo‘lmaydi, bu tabiiy hol. Yana irsiy yo‘l bilan o‘tgan soch oqarishini ham davolab bo‘lmaydi. Biroq ruhiy zo‘riqish, doimiy charchoq, asabiydan oqaradigan sochni o‘z holiga qaytarsa bo‘ladi, deydi olimlar o‘z xulosalarida.

T.Shomurodov tayyorladi.