Tiriklay dafn etilgan ayol uch kundan so‘ng tirik holda qabrdan chiqarib olindi

Xitoyning Shensi viloyatida tezkor xizmat xodimlari o‘z o‘g‘li tomonidan dafn etilgan 79 yoshli ayolni qabrdan qutqarib olishdi. Bu haqda Sputnik.ru nashri xabar berdi.
Voqea 5 may kuni, ayolning kelini politsiyaga murojaat qilganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Kelinning so‘zlariga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘i falaj bo‘lib qolgan onasini aravaga solib noma’lum tomon olib ketgan. Ma’lum vaqt o‘tgach, erkak uyga yolg‘iz o‘zi qaytib kelgan.
Erkak xotiniga onasini qarindoshlarinikiga tashlab kelganini aytgan. Biroq ayol eri yolg‘on gapirayotganini sezib qolgan va huquqni muhofaza qilish idorasiga murojaat qilgan.
Olib borilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, o‘g‘il onasini qabristondagi bo‘sh qabrlarning biriga joylab, ko‘mib tashlagani aniqlangan.
79 yoshli ayol uch kecha-kunduz qabr ichida qolib ketgan. Qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilayotgan vaqtda politsiya xodimlari qabr ichidan chiqayotgan ovozlarni eshitib qolishgan. Shundan so‘ng ayol zudlik bilan qutqarib olingan va kasalxonaga yuborilgan.
O‘g‘ilga esa uzoq muddatli qamoq jazosi xavf solmoqda.