Toifaga da’vogar o‘qituvchilar uchun onlayn-repetitsiya o‘tkaziladi

Birinchi va oliy toifaga da’vogar o‘qituvchilar uchun onlayn-repetitsiya 11-12 fevral kunlari quyidagi 5 ta fan bo‘yicha o‘tkaziladi:
* Texnologiya (mehnat ta’limi o‘g‘il bolalar);
* O‘zbek tili (davlat tili);
* Iqtisodiy bilim asoslari;
* Nemis tili;
* Fransuz tili.
http://test.tdi.uz/ manzili orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.
Login – test
Parol – test
pka.tdi.uz - elektron bazasiga pedagoglar haqida quyidagi ma’lumotlar to‘liq va aniq kiritilgan bo‘lishi kerak:
* Viloyat;
* Tuman;
* Ta’lim muassasasi (raqami yoki nomi)
* Pedagogning FISh (to‘liq);
* Attestatsiyadan o‘tayotgan o‘quv fani;
* To‘lov kvitansiyasining nusxasi.
Feruza MADRAHIMOVA,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari.