Tolibon sobiq amaldorlarning pul va oltin quymalarini bankka topshirdi
- 16.09.2021 14:35
- 136
- Xorij
Afg‘oniston Markaziy banki Tolibon tomonidan topshirilgan mamlakatning sobiq amaldorlariga tegishli bo‘lgan 12,3 million dollarni qabul qildi.
Tolibon vakillari o‘zini mamlakat prezidenti, deb e’lon qilgan Amrulla Solihning uyi, shuningdek, sobiq yuqori martabali amaldorlar turar joylarini tintuv qilishdi. Topilgan barcha mablag‘ respublika Markaziy bankiga o‘tkazildi.
"Umumiy summa o‘n ikki million uch yuz oltmish sakkiz ming ikki yuz qirq olti (12 368 246) AQSh dollarini tashkil etdi", deyiladi Markaziy bank bayonotida.
Solih Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani BAAga qochgan paytda o‘zini mamlakat prezidenti, deb e’lon qilgan edi. O‘tgan hafta Tolibon butun mamlakatni nazorat qilishini va hukumat tarkibini e’lon qildi.
Teglar:
Tolibonlar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa