To‘lov qilish tizimi osonlashdi
Davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan to‘lovlar to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qilishi bilan birga Davlat xizmatlari tizimining yanada shaffof bo‘lishini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilgan xizmat uchun qancha to‘lov to‘lash lozimligi hamda to‘langan pul haqida SMS-xabar fuqaroning telefoniga kelib tushadi.
SMS-xabarlar 2 tilda: ixtiyoringizga ko‘ra o‘zbek yoki rus tillarida keladi. Xabarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan to‘lovning invoys raqami va belgilangan miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lovlar mamlakatimizda mavjud barcha elektron to‘lov tizimlari – Click, Payme, Upay, Paynet, Uzcard, Oson, Websum banklar mobil to‘lov ilovalari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Davlat xizmatlari uchun “Upay”orqali to‘lovni amalga oshirish tartibi.
Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatgan xizmatlar uchun “Upay” tizimi orqali onlayn to‘lov qilish tartibi quyidagicha:
Davlatxi zmatlari uchun onlayn to‘lovni amalga oshirishga “Upay” tizimi sahifasi orqali o‘tiladi hamda bizga berilgan invoysni kiritib to‘lovni amalga oshirishimiz mumkin.
Davlat xizmatlari uchun “PayMe” orqali to‘lovni amalga oshirish tartibi
Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatgan xizmatlar uchun “PayMe” tizimi orqali onlayn to‘lov qilish tartibi quyidagicha:
Yuqoridagi sahifadan Davlat xizmatlari agentligi menyusiga o‘tamiz va invoys raqamini kiritish orqali to‘lovlarni amalga oshirishimiz mumkin.
Davlat xizmatlari markazlariga ishingiz tushgan lekin u yerda navbat kutishga vaqtingiz yo‘qmi?
Endi buning yechimi oson www.davxizmat.uz saytiga kiring va oldindan navbatga yozilish xizmati yordamida o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtni va o‘zingizga yaqin bo‘lgan Davlat xizmatlari markazini tanlang.
Davlat xizmatlarini uydan chiqmasdan olmoqchimisiz?
Unda buni elektron raqamli imzo yordamida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Buning uchun my.gov.uz sahifasiga kirishingiz va u yerdagi mavjud xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.
Elektron raqamli imzo – davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron xatti-harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘ladigan, mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan, elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Sodda tilda aytsak, bu – shaxsning raqamlardan iborat elektron imzosi va uning kuchi shaxsning qo‘lda chekilgan imzosiga tenglashtiriladi.
Vohid JUMANOV.
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi bosh maslahatchisi.