Toqayev Qozog‘iston parlamenti quyi palatasini tarqatib yubordi
Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Qosim-Jomart Toqayev respublika parlamenti quyi palatasini tarqatib yubordi va deputatlar saylovini 2023 yil 19 martga tayinladi.
“Men Majlisni tarqatib yuborish va maslahatlar (mahalliy vakillik organlari) vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladim. Deputatlarning yangilangan tarkibi bundan keyin ham xuddi shu formatda ish olib borishiga va mamlakatimizni har tomonlama modernizatsiya qilishga yangi sur’at bag‘ishlashiga umid bildiraman", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, barcha darajadagi mahalliy vakillik organlari deputatlari saylovi mamlakat Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayinlanadi.
Toqayev deputatlarga faol faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Qozog‘istonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning eng markazida bo‘lgan. Endi parlament quyi palatasi deputatlarining 70 foizi partiya ro‘yxati asosida, 30 foizi esa bir mandatli okruglardan saylanadi.