Toqayev Qozog‘istonning Rossiya va Belarus ittifoqiga qo‘shilishi borasidagi taklifni hazil sifatida qabul qildi

Qozog‘iston Rossiya va Belarus ittifoq davlatiga qo‘shilishi shart emas, dedi respublika prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev matbuot xizmati orqali.

"Kuni kecha Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘istonga Ittifoq davlatiga kirishni taklif qildi. Men uning hazilini yuqori baholadim. Menimcha, bunga hojat yo‘q, chunki boshqa integratsion birlashmalar, birinchi navbatda, Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoq (YeOII) mavjud”, - dedi Toqayev.

"Yadro quroliga kelsak, bizga ular kerak emas, chunki biz Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma va Yadro quroli sinovlarini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilganmiz. Biz ushbu xalqaro hujjatlardagi majburiyatlarga sodiq qolamiz", - deya qo‘shimcha qildi prezident.

24 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan YeOII yig‘ilishida Toqayev hamkasblarini Rossiya va Belarus vakili bo‘lgan ittifoq davlati ishtirokida Tashkilotdagi hamkorlikning “nozik masalasi”ni muhokama qilishni taklif qildi.

"Bizda YeOIIda Ittifoq davlati mavjud, ya’ni jahon siyosiy tarixida o‘ziga xos pretsedent yoki fenomen, formula bo‘yicha davlatning yaratilishi: ikki mamlakat - yagona huquqiy, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, valyuta, madaniy-gumanitar makon. Yagona ittifoq hukumati va yagona ittifoq parlamenti bilan. Kechirasiz, hatto yadroviy qurol ham hozir bitta. Qozog‘iston, Armaniston vakili, Qirg‘iziston tomondan t aqdim etilgan integratsiyaning yana bir darajasi bor. Va biz bu haqiqatni, bunday sharoitda qanday ishlashimizni hisobga olishimiz kerak, degandi Qozog‘iston prezidenti.

Keyinchalik Lukashenko Qozog‘iston va boshqa postsovet makonidagi mamlakatlarni yadroviy qurolga yaqinroq bo‘lish va undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun Belarus va Rossiya ittifoqiga qo‘shilishga taklif qilgan.