To‘qqizta tashkilotning tuman (shahar) bo‘linmalari hokimlik tuzilmasiga o‘tkaziladi

Respublika Prezidentining “Hududlarni barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni (21.10.2025 yil PF-186) qabul qilindi

Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta hamda Surxondaryo viloyatining qolgan barcha tuman (shahar)larida:

 - Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

- Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

- Madaniyat vazirligi,

- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,

- Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘linmalari tuman (shahar) hokimliklari boshqaruviga o‘tkazilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat.