Toshbaqaning uzoq yashashiga sabab nima?
Tabiiyki, bu savol nafaqat hayvonot dunyosiga qiziqadigan, balki ko‘pchilik oddiy odamlarni ham qiziqtiradi. Bilamiz: toshbaqa odamdan ikki marta uzoq yashaydi. Grenland kiti, akulasi, ara to‘tiqushi ham shunday. Masalan, toshbaqa (og‘irligi 120-250 kg.) ikki yuz yilgacha yashashi mumkin.
Gap shundaki, u sovuq qonlilar tipiga mansub bo‘lib, modda almashinuvi boshqacha kechadi. Agar issiq qonlilar dam olganda juda ko‘p quvvat sarflasa-bu doimiy haroratni saqlash uchun zarur. Toshbaqa esa shunday zaruratdan xoli.
***
Kitob kimga nasib etadi?
«Litfond» kimoshdi savdosi uyining xabar berishicha, «Igor polki haqida so‘z” asari 3,4 million rublga sotilgan.
Kitob birinchi marta 1800 yil oxirida Moskvada 1,2 ming nusxada nashr etilgan. 1812 yil yong‘inda original qo‘lyozma va nusxaning katta qismi yonib ketgan. Birinchi nashrning hozirda 70 nusxasi saqlanib qolgan.
T.Shomurodov tayyorladi.